yonda
Hamkorlik bo’yicha
ko’p beriladigan savollar

Yonda kimlar bilan hamkorlik qiladi?

Loyihamiz taʼlim, xorijiy tillar, IT va zamonaviy kasblar, sport va sogʻlomlashtirish, musiqa, tasviriy va ijodiy sanʼat yoʻnalishlaridagi oʻquv markazlarini qamrab oladi. Shuningdek, Yonda ilovasi koʻngilochar, madaniy va kitoblar kategoriyasida ham maxsus takliflarni bera oladi.

Qaysi hududdagi markazlar Yonda xizmatlaridan foydalanishi mumkin?

Yonda xizmatlaridan Oʻzbekiston boʻylab barcha oʻquv markazlari foydalanishlari mumkin

Hamkorlik uchun katta va keng qamrovli markazlar tanlanadimiʔ

Yo’q. Biz katta va kichik markazlar uchun birdek foydali takliflarni ishlab chiqamiz. Biz uchun muhimi – sifat va samaradorlik!

Loyiha nima maqsadda tashkil qilingan?

Loyihaning maqsadi – o’quv markazlarini doimiy mijoz oqimi bilan ta’minlash, o’quvchilarga esa qulay va samarali rivojlanish maskanlarini topishda yordam berish.

Yondaning mijozlar qamrovi qanday?

Yonda bilim olish va rivojlanishga ehtiyoji bor bo’lgan barcha auditoriyani qamrab olishni rejalashtirgan – bog’cha yoshidagi bolalardan to oliygoh talabalarigacha. Parent’s Child tizimi esa mijozlarni oilaviy jalb qilishga yordam beradi.

Hamkorlik borasida yana savollaringiz bormi?To`liq ma`lumot olish uchun kontaktingizni qoldiring
Kontaktingizni qoldiring, siz bilan bog’lanamiz va loyiha haqida batafsil ma’lumot beramiz!Murojaatingizni biz bilan bog`laning